Bo‘limning muhim ilmiy-tekshiruv faoliyatining yo‘nalishlari
- transplantat va turli implantatlarning biologik to‘qimalar bilan ta’siridagi morfofunksional o‘zgarishlarni o‘rganish;
- xirurgik jarohatlarining bitishi nuqtayi nazaridan, lazer va yorug‘lik diod nurlanishlarining sun’iy hamda biologik materiallari va organizm to‘qimalari o‘rtasidagi ta’sirlarni o‘rganish;
Bo‘limga 1978-2021-yillarda t.f.d., professor I.M. Baybekov rahbarlik qilgan. Bu davrda 35 dan ortiq doktorlik ishi himoyasi, shundan 6 tasi patologik anatomiya yo‘nalishidan bo‘lgan. Shuningdek 100 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari va ularning patomorfologik qismlari ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilgan, hamda 700 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan bo‘lib, shulardan 100 dan ortig‘i xorijiy ilmiy jurnallarda chiqarilgan. 17 ta monografiyalar chop etilgan va 10 dan ortiq ixtiro uchun mualliflik guvohnomalar olingan.
Hozirgi kunga kelib esa bo‘limda eksperimental xirurgiya, shuningdek bir qancha markaz klinik bo‘limlari hamda boshqa markaz va institutlar bilan hamkorlikda 15 dan ortiq nomzodlik hamda doktorlik dissertatsiyasi qismlari, 75 dan ziyod xorijiy hamda mahalliy nashrlardagi ilmiy jurnallardagi maqolalar, shuningdek 3 ta monografiya chop etilgan, 5 dan ortiq mualliflik guvohnomalari olingan. Mazkur yo‘nalishlardagi ilmiy faoliyat yanada kengaytirilib qo‘shma loyihalar borasida ishlanmalar olib borish davom ettirilmoqda.
Taklif etilgan xizmatlar ro‘yxati:
“Patogistologik, morfologik va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi” xizmati uchta funksional bo‘limlardan tashkil topgan:
- biopsiya;
- sitologiya;
- ilmiy-tadqiqot materiallari tahlili.