
Ilmiy-amaliy “O‘zbekiston jarrohligi” jurnali akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining rasmiy nashridir.
Jurnalning asosiy maqsadi – jarrohlik, kardiokirurgiya, transplantologiya va boshqa tibbiyot sohalarida ilg‘or tajribalarni tarqatish, ilmiy natijalarni almashish va mutaxassislar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishdir.
Unda ilmiy maqolalar, tahliliy sharhlar, klinik kuzatuvlar hamda konferensiya va simpozium materiallari chop etiladi. Jurnal zamonaviy jarrohlikdagi innovatsion yondashuvlar va tibbiy xizmat sifati oshirishga alohida e’tibor qaratadi.
Jurnal O‘zbekiston Respublikasining yetakchi ilmiy nashrlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, yosh tadqiqotchilar va tajribali olimlar uchun muhim ilmiy maydon hisoblanadi.