Xirurgiya Markazi direktori, professor Saydimurad Ismailov Xitoy Xalq Respublikasdagi yirik va ko`p yillik hamkori Zheijang universiteti tibbiyot gospitalining ikkinchi kasalxonasida (SAZHU) rasmiy tashrif bilan bo‘ldi.
Ushbu tashrif Zhejiang Universiteti Tibbiyot Maktabi Ikkinchi Qo‘shilgan Kasalxonasi Gepatobiliar xirurgiya departamento rahbari, professor Wang Weilling rasmiy taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.
Tashrif davomida professor Saydimurad Ismailov hamkasblari bilan zamonaviy tibbiyot sohasidagi ilg‘or tajribalar, innovatsion jarrohlik uslublari hamda ilmiy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
SAHZUning zamonaviy 5G internet mazkazini, ohirgi rusumdagi texnikalar bilan jihozlangan reanimatsiya va operatsion xonalarni ko`zdan kechirdi.
Tashrif daoirasida SAHZU rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollari va ikki tomonlama tajriba almashish rejalari muhokama qilindi.
