MRT uchun 25% chegirma 18:00 dan keyin. Bizning xirurgiya markazi xalqimiz uchun shanba kuni qo‘shimcha faoliyat yuritadi.

Saudiyalik shifokorlar Xirurgiya markazida – xayriya jarrohliklariga tayyorgarlik!

news_in

14.02.2025

 Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Ilmiy-amaliy Tibbiyot Markazi Islom Dunyosi Ligasining mutaxassislarini qabul qildi. Ular tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun xayriya jarrohliklari o‘tkazish maqsadida yetib kelishdi.

Shifokorlar markaz direktori bilan uchrashib, operatsiyalarni tashkil etish va tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishdi.

 Hozirgi paytda saudiyalik mutaxassislar barcha kasalxonaga yotqizilgan bolalarni exokardiografiya tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Shu asosda ularga zarur jarrohlik usullari va tibbiy xizmatlar belgilanmoqda.

 Farzandlarga sog‘lom kelajak hadya etamiz! Yangiliklarni kuzatib boring – biz jarayon va natijalar bilan bo‘lishamiz.

 Xayriya operatsiyalar sanasi: 16-22 fevral 2025 yil