Akademik Vosit Vohidovich Vohidov tavalludining 107 yilligi nishonlandi

news_in

13.12.2024

Bugun, 13-dekabr kuni, akademik Vosit Vohidovich Vohidov tomonidan asos solingan va u birinchi direktor bo‘lib ishlagan Respublika ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazida uning tug‘ilganligining 107-yilligi nishonlanmoqda.

Akademik V. Vohidov sharafiga o‘rnatilgan haykal atrofida mashhur jarrohning shogirdlari markaz ma’muriyati rahbarligida to‘plandilar. Direktor S.I. Ismoilov O‘zbekiston aholisi uchun sifatli jarrohlik yordamini taqdim etishda bunday noyob tibbiyot muassasasining ahamiyati va muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, akademik V. Vohidovning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shogirdlari, professorlar Z.M. Nizomxodjaev va M.M. Zufarov, uni katta hurmat va e’tibor bilan yod etdilar. Tadbirda ishtirok etgan barcha shaxslar mamlakatimiz aholisi sog‘lig‘i xizmatida faoliyat yuritgan yetakchi jarrohlar maktabining asoschisi akademik V. Vohidov haykalining poydevoriga gullar qo‘yishdi.