AKADEMIK V.VOHIDOV NOMIDAGI RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN XIRURGIYA ILMIY-AMALIY TIBBIY MARKAZIGA KLINIK ORDINATURAGA QABUL TO‘G‘RISIDA
EʼLON
Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 17-iyuldagi 238-son buyrug‘i asosida klinik ordinaturaga qabul boshlanganini eʼlon qiladi.
TAQDIM ETILADIGON HUJJATLAR RO‘YXATI:
1. Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorni nomiga yozilgan ariza (Faylni yuklab oling).
2. Oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjat (yoki O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini grant asosida tamomlaganlar uchun diplomdan ko‘chirma) va unga ilova.
3. U-086 shaklidagi tibbiy maʼlumotnoma
4. Pasport (fotosurat va ro‘yxatdan o‘tish muhri bo‘lgan sahifalar)
5. Tarjimai hol (shakl)
6. Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (yoki shtrixli elektron versiyasi)
7. Rasmlar 3x4 (8 dona)
8. Qonun hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyozlar nazarda tutilgan hujjat.
Klinik ordinaturaga hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 20 iyundan 20-avgustgacha (shu kunda xam) amalga oshiriladi.
Hujjatlar elektron shaklda xirurgiya.markazi.qabul.2024@gmail.com elektron pochta orqali qabul qilinadi (yuqori sifatli skanerlangan hujjatlarni taqdim eting).
2024/2025 o‘quv yili uchun qabul boshlanishi munosabati bilan akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida abituriyentlar va ularning ota-onalari ishini yengillashtirish hamda tezkorlik bilan taʼminlash maqsadida “Call -markaz” tashkil etildi.
Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali Call -markazga murojaat qilishlari mumkin.
Call-markaz telefonlari: +998 97 715 37 23, +998 71 277 27 54
Call-markaz ish tartibi: dushanbadan shanbagacha - 9:00 dan 18:00 gacha; tushlik - 13:00 dan 14:00 gacha.
Klinik ordinatura mutaxassisliklariga qabul tanlangan mutaxassislik bo‘yicha kirish testlari asosida bir bosqichda amalga oshiriladi.
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024/2025 o‘quv yilida klinik ordinaturaga qabul kvotalari mutaxassisliklar bo‘yicha taqsimlanishi:
Anesteziologiya va reanimatsiya - 20 o‘rin (shartnoma)
Tibbiy radiologiya - 20 o‘rin (shartnoma)
Umumiy xirurgiya - 24 o‘rin (shartnoma)
Kardioxirurgiya - 10 o‘rin (shartnoma)*
Transplantologiya – 10 o‘rin (shartnoma)*
* Klinik ordinaturaga “Kardioxirurgiya” (10 kvota) yoki “Transplantologiya” (10 kvota) yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilish uchun nomzodlar diqqatiga!!!
“Kardioxirurgiya” (10 kvota) yoki “Transplantologiya” (10 kvota) yo‘nalishlari bo‘yicha klinik ordinaturaga kirish uchun “Umumiy xirurgiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yoki klinik ordinaturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom talab qilinadi. Kerakli diplom mavjud bo‘lmagan hollarda hujjatlar qabul qilinmaydi.
KO‘RSATMA
2022/2023 o‘quv yili uchun klinik ordinaturaga abituriyentlar diqqatiga.
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinik ordinaturasiga qabul O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rejasiga asosan tegishli buyruqlar asosida amalga oshiriladi (2024 yil 17 iyuldagi 238-son buyrug‘i). (Faylni yuklab oling).
2023/2024 o‘quv yilida klinik ordinatura (rezidentura) orqali tibbiyot xodimlarini tayyorlash bo‘yicha mutaxassisliklar va ularga tegishli bakalavriat darajalari ro‘yxati, taʼlim muvofiqligi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 17 iyuldagi 238-son buyrug‘i 1 ilovasi) (Faylni yuklab oling).
Grant yoki maqsadli kvota (grant yoki kontrakt) asosida klinik ordinaturani tamomlagan, lekin 3 yil ishlamagan shifokorlar yana klinik ordinaturaga qabul qilinmaydi!
Xorijiy fuqarolar tomonidan klinik ordinaturaga qabul qilish uchun hujjatlarni topshirish Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy bo‘limiga murojaat asosida suhbat orqali amalga oshiriladi. Telefonlar: +998977699465
KLINIK ORDINATURAGA HUJJAT TOPSHIRISHDA BIR VAQTNING O‘ZIDA BIR NECHTA MUASSASALARDA TANLOVDA QATNASHISH TAQIQLANADI. (Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori, 2-ilovaning 16-bandi) 319-son qaror. (Faylni yuklab oling)
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 2024/2025 o‘quv yili uchun test shaklida klinik ordinaturaga kirish imtihonlari 2024-yil 24-26-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi (klinik ordinaturaga kirish uchun imtihon markazning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi).