Bugun Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi таshrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan Xitoy Sog‘liqni saqlash davlat komissiyasining Xalqaro almashinuv va hamkorlik qo‘mitasi vakillari, shuningdek, tibbiy uskunalar va texnologiyalar ishlab chiqaruvchi Xitoy kompaniyalari vakillari o‘rin oldi. Delegatsiyaga Qo‘mita direktori o‘rinbosari In Xayyan boshchilik qildi.
Uchrashuv mazmunli va amaliy ruhda o‘tdi. Kompaniyalar vakillari zamonaviy tibbiy texnologiyalar va mahsulotlarini taqdim etib, Markaz mutaxassislari bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Xitoy davlat organi vakillari bilan esa yirik qo‘shma loyihalar, jumladan, kadrlar tayyorlash, qo‘shma xirurgik amaliyotlarni o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda ikki mamlakat tibbiyot muassasalari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar aniq qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish va hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.