Xirurgiya markazida transformatsiya natijalari va kelgusi rejalar muhokama qilindi
Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Markaz direktori S.I. Ismailov va bosh menejer doktor Kim Chul Su rahbarligida kengaytirilgan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda amalga oshirilgan ishlar, olib borilayotgan renovatsiya jarayonlari va Markaz faoliyatini transformatsiya qilishning keyingi bosqichlari taqdim etildi. Ayniqsa, poliklinika faoliyatini takomillashtirish, bemorlar harakat yo‘nalishini yaxshilash, kutish vaqtini qisqartirish, xizmat sifatini oshirish, raqamlashtirish va ish jarayonlarini standartlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda Markazning barcha jamoasi ishtirok etdi. Xodimlar taqdim etilgan takliflarni diqqat bilan tinglab, o‘z savollari va takliflarini bildirdilar. Muhokama ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi.
Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar Markazda zamonaviy, samarali va bemorga yo‘naltirilgan ish tizimini shakllantirishga qaratilgan.