Muloqot sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, sohadagi muammo va kamchiliklarni aniqlash, tibbiy xizmatlar sifati hamda ochiqlikni yanada oshirish, shuningdek, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga tezkor va amaliy yechim topish maqsadida tashkil etildi.
Unda fuqarolar, tibbiyot xodimlari hamda sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan kelib tushgan 50 ga yaqin murojaatllar o‘rganib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi masalalar nazoratga olindi. Shu jumladan, bir necha bemorga davlat mablag‘lari hisobidan davolanish uchun yo‘llanmalar berildi hamda ishga joylashishga doir murojaatlarga ijobiy yechimlar topildi.
Mazkur tadbirning yana bir maqsadi korrupsiyaviy xatti-harakatlarni bartaraf etish va tizimda shaffoflikni ta’minlashdan iborat bo‘lib, bu bo‘yicha ham muayyan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida Odob-axloq komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi hamda unda bir necha mas’ullarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari ko‘rildi.
Komissiyaning viloyatni korrupsiyadan holi hududga aylantirishga doir chora-tadbirlar rejasi, bu boradagi ishlarni keng yoritishga yo‘naltirilgan media-rejasi va boshqa qator hujjatlar tasdiqlandi hamda tegishli o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tabdir doirasida malakali shifokor va mutaxassislar ishtirokida kengaytirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etilgani tuman aholisi uchun ayni muddao bo‘ldi.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan mobil komplekslar jalb qilinib, tibbiy xizmatlar shu joyning o‘zida amalga oshirildi.