Xirurgiya markazida Afg‘onistonlik kardio-jarroh tashrif buyurdi

news_in

21.04.2026

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Afg‘onistondan Al-Hayat Hospital klinikasining qon-tomir kasalliklari bo‘limi rahbari, kardio-jarroh doktor Said Xalid Rashid tashrif buyurdi.

 


Mehmonni Xirurgiya markazi bosh shifokori, professor Ruslan Yefimovich Ligay qabul qildi. Tashrif davomida afg‘onistonlik mutaxassis markaz faoliyati, kardio-jarrohlik yo‘nalishidagi imkoniyatlar hamda zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan tanishdi.

 


Shuningdek, doktor Said Xalid Rashid mini-torakotomiya usuli orqali bajarilgan aorto-koronar shuntlash operatsiyasida ishtirok etdi.

 


Uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollari va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.

 


Bunday tashriflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish siyosatiga hamohang hisoblanadi.