AVO-nomutanosib buyrak transplantatsiyasi – markaz amaliyotida

news_in

09.04.2026

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida AVO-nomutanosib, ya’ni qon guruhlari mos kelmaydigan holatda buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari 2023 yildan beri muntazam amalga oshirib kelinmoqda. Hozirgi kunga qadar markazda 30 dan ortiq shunday operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarilgan.

 


Ma’lumki, bunday transplantatsiyalarda asosiy murakkablik operatsiyaning o‘zida emas, balki retsipiyentni to‘g‘ri immunologik tayyorlash, operatsiyadan keyingi davrda to‘g‘ri davolash va doimiy kuzatuvni tashkil etishda namoyon bo‘ladi. Shu sababli bunday bemorlar markaz mutaxassislari tomonidan doimiy dinamik nazorat ostida bo‘ladi.

 


Shu kabi kuzatuvning misoli sifatida, kecha markazda AVO-nomutanosib buyrak transplantatsiyasi o‘tkazilgan bemorlar rejali tekshiruvdan o‘tdi.

 


— S.J. (1993 y.t.). Retsipiyent: I (O) Rh+, donor — opasi II (A) Rh+. Operatsiya 2024 yilda amalga oshirilgan.

— K.R. (1995 y.t.). Retsipiyent: II (A) Rh+, donor — otasi III (B) Rh+. Operatsiya 2025 yil yanvar oyida bajarilgan.

 


Ko‘rik davomida bemorlarning umumiy holati va transplantat funksiyasi baholandi. Barqaror holat va ijobiy dinamika qayd etildi.

 


Bu esa mamlakatimizda transplantologiya sohasida qo‘llanilayotgan yuqori texnologiyalar samarali natijalar berayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.