Mavzu: «Revmatik etiologiyali mitral qopqoq stenozini rentgenendovaskulyar davolashda multidissiplinar yondashuv»
Muallif: Im Vadim Muxasanovich
Ilmiy daraja va kengash: Tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. DSc.06/2025.27.12.Tib.08.01 raqamli Ilmiy kengash (Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi).
Ilmiy maslahatchi: t.f.d., professor Zufarov Mirjamol Mirumarovich.
ExoKG nazorati va minimal rentgen («zero fluoro»): Exokardiografik nazorat ostida rentgenoskopiyani minimal darajada qoʻllash orqali takomillashtirilgan ballonli mitral valvuloplastika (BMV) nurlanish yukini minimallashtiradi va rentgenkontrast moddadan butunlay voz kechish imkonini beradi.
Modifikatsiyalangan stilet (Patent № IAP 7690): Inoue oʻtkazgichiga qoʻshimcha egilishlarga ega stiletni qoʻllash ballon kateterining boshqaruvchanligini yaxshilaydi va perforatsiya hamda mitral regurgitatsiya kabi asoratlar chastotasini kamaytiradi.
Homiladorlardagi samaradorlik: Homilador ayollarda oʻtkazilgan BMV markaziy гемодинамикани yaxshilaydi, bachadon arteriyalarida rezistentlik indeksini tushiradi, 100% holatlarda kontrastni istisno qiladi va nurlanishni 3,3 barobar kamaytiradi.
Boʻlmachalar fibrilatsiyasi (BF) taʼsiri: BF чап boʻlmacha dilatatsiyasi tufayli BMVni qiyinlashtirishi, biroq stilet va 3 oʻlchamli exografik vizualizatsiya yordamida aniq navigatsiyaga erishish mumkinligi isbotlandi. Uzoq muddatli yashovchanlik BF da 80,9% ni, sinus ritmida esa 100% ni tashkil etdi.
Xavf omillari va prognoz: Anamnezda ochiq komissurotomiya ($HR=7,177$), BF ($HR=3,106$), takroriy BMV ($HR=2,325$), 55 yoshdan oshish va NYHA boʻyicha III–IV FK uzoq muddatli noxush oqibatlarning asosiy omillari ekanligi aniqlanib, maxsus xavf shkalasi ishlab chiqildi.
2026-yil 27-oktabr kuni soat 14:00 da Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.08.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
KUN TARTIBI:
I. Im Vadim Muxasanovichning «14.00.34 – yurak-qon tomir jarrohligi» (tibbiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha «Revmatik etiologiyali mitral qopqoq stenozini rentgenendovaskulyar davolashda multidisiplinar yondashuv» mavzusidagi tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi.
Ilmiy maslahatchi: tibbiyot fanlari doktori, professor Zufarov Mirjamol Mirumarovich.
Rasmiy opponentlar:
Alimov Donier Anvarovich – tibbiyot fanlari doktori, professor
Aliyev Sherzod Mahmudovich – tibbiyot fanlari doktori, professor
Sharipov Islom Mamatxanovich – tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: «V.A. Almazov nomidagi Milliy jarrohlik tibbiy tadqiqot markazi» Federal davlat budjet tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Pulatov Oleg Karimovichning «14.00.34 – yurak-qon tomir jarrohligi» ixtisosligi bo‘yicha «Orttirilgan yurak nuqsonlarida chap bo‘lmacha hajmini kamaytirish (atrioplastika) natijalarini baholash» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi.
Ilmiy rahbar: tibbiyot fanlari doktori Turaev Feruz Fatxullayevich.
Rasmiy opponentlar:
Aliyev Sherzod Mahmudovich – tibbiyot fanlari doktori, professor
Abdurahmonov Abdusalom Abdulagzamovich – tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Zoom konferensiyasi:
https://us06web.zoom.us/j/87048068676?pwd=2ctVgzlTw1lb2vlyQHPh9ylibJWTIf.1
Konferensiya identifikatori: 870 4806 8676
Kirish kodi: 303501