Xirurgiya markazida ilk bor donordan buyrakni robot yordamida olish amaliyoti bajarildi

news_in

01.05.2026

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ilk bor tirik qarindosh donordan buyrakni robot yordamida olish va keyinchalik transplantatsiya qilish amaliyoti bajarildi.

 

Amaliyot Syurix universitet klinikasi visseral xirurgiya va transplantatsiya bo‘limi konsultant-xirurgi Dilmurodjon Eshmuminov bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

 

Donor katta opa bo‘lib, u o‘z buyragini singlisiga berdi. Bemorlar «VAQF» fondi ko‘magida, xayriya mablag‘lari hisobidan davolanish va buyrak transplantatsiyasi uchun Markazga murojaat qilgan.

 

Amaliyot muvaffaqiyatli o‘tdi, har ikki bemor profil bo‘limga o‘tkazildi.

 

E’tiborlisi, Syurixdan tashrif buyurgan Dilmurodjon Eshmuminov asli O‘zbekistondan bo‘lib, u yurtimizda tibbiyotning rivojlanayotgani, Xirurgiya markazining zamonaviy jihozlangani va ilg‘or texnologiyalar joriy etilayotganidan faxrlanishini ta’kidladi.