Radiologiya bo‘limi zamonaviy nurli va magnit-rezonans diagnostika usullari orqali inson tanasining barcha a’zo va to‘qimalarini yuqori aniqlikda tekshirish xizmatlarini ko‘rsatadi.
Ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati:
● Magnit-rezonans tomografiya (MRT) tekshiruvlari
● Multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT / KT)
● Qon tomirlarning KT va MRT angiografiyasi
● Ichki a’zolar va to‘qimalarni kontrastli diagnostika qilish
● Onkologik, nevrologik va jarrohlik kasalliklarini erta bosqichda vizualizatsiya qilish
Radiologiya bo‘limi jahon andozalariga mos keluvchi zamonaviy MSKT va yuqori maydonli MRT apparatlari bilan jihozlangan. Bo‘limda malakali shifokor-radiologlar tomonidan ichki a’zolar, miya, umurtqa pog‘onasi, suyak-bo‘g‘im va qon tomir tizimlaridagi eng murakkab patologiyalar yuqori aniqlikda aniqlanadi, bu esa to‘g‘ri tashxis qo‘yish va samarali davolash rejasini tuzishga xizmat qiladi.