MRT uchun 25% chegirma 18:00 dan keyin. Bizning xirurgiya markazi xalqimiz uchun shanba kuni qo‘shimcha faoliyat yuritadi.

Pulatov O.K.ning PhD dissertatsiyasi himoyasi

15.10.2026

Pulatov Oleg Karimovichning 14.00.34 – «Yurak-qon tomir xirurgiyasi» ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari doktori / falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferatining qisqacha mazmuni:

  • Dissertatsiya mavzusi: «Orttirilgan yurak nuqsonlarida chap bo‘lmacha hajmini kamaytirish (atrioplastika) natijalarini baholash».

  • Ilmiy rahbar: t.f.d. Turayev Feruz Fathullayevich.

  • Bajarilgan muassasa: akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Toshkent).

Asosiy natijalar va xulosalar:

  1. Maqsad: Chap bo‘lmacha atriomegaliyasi bilan asoratlangan yurak qopqoq nuqsonlarida atrioplastika (chap bo‘lmacha hajmini kamaytirish) usullarining samaradorligini baholash va davolash natijalarini yaxshilash.

  2. Ilmiy yangilik:

    • Chap bo‘lmacha paraanulyar segmenti 5,0–6,0 sm dan oshganda Kawazoe usuli, o‘pka venalari oralig‘i 5,0 sm dan oshganda esa Mercedes atrioplastika usulini qo‘llashning differensiallashgan yondashuvi asoslab berildi.

    • Atrioplastika qo‘llanilganda chap bo‘lmacha geometrik konfiguratsiyasi tiklanadi, sinus ritmi ishonchli tiklanadi va kichik chiqish sindromi xavfi kamayadi.

  3. Klinik va iqtisodiy samara:

    • Bemorlarning reanimatsiya va statsionarda bo‘lish muddati 10 kundan 7 kungacha qisqardi.

    • Uzoq muddatli kuzatuvda (o‘rtacha 13 yil) 10 yillik yashab qolish ko‘rsatkichi 85–88% ni tashkil etdi.

    • Har 30 nafar bemor hisobiga olingan iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 256,5 mln so‘mni tashkil etdi.