Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Ilmiy- Amaliy Tibbiyot Markazida ajoyib hamkorlik haftaligi bo’lib o’tmoqda: Qozog‘istonning A.N.Sizganov nomidagi Xirurgiyа Milliy Tadqiqot Markazining yetakchi shifokorlari bizning markaz shifokorlari bilan birgalikda operatsiyalar o‘tkazib, o‘zaro bilim, tajribalari bilan markazdagi hamkasblari bilan o‘rtoqlashmoqda.
Hafta davomida zamonaviy tibbiyotning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori texnologik, kam invaziv jarrohliklar o‘tkaziladi:
• laparoskopik gepatobiliar xirurgiya
• interventsion kardiologiya va endovaskulyar xirurgiya
• interventsion aritmologiya
• endoskopik xirurgiya
Ushbu hamkorlik 2025 yil 17-oktabr kuni Xirurgiya Markazida bo’lib o’tishi rejalshtirilgan “O‘zbekiston–Qozog‘iston tibbiyot forumi” doirasida tashkillashtirilgan. Unda respublikaning barcha yetakchi tibbiyot markazlar mutaxasisslari, Qozog’iston Respublikasining yetuk shifokorlari ishtirok etadi.
Forum bilim almashish, eng yangi, kam invaziv jarrohliklar davolash texnologiyalarni muhokama qilish va tibbiyot sohasida hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘ladi.
Ikki davlat mutaxassislarining qo‘shma sa’y-harakatlari sog‘liqni saqlashni rivojlantirish va bemorlarni davolash sifatini yanada yaxshilash uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.