Xususan, kecha Qorako‘l tumanida ilk bor buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi.
Shu kunlarda Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori boshchiligidagi bir guruh malakali mutaxassislar Buxoro viloyatida yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazmoqda.
Bemor B. A. — 33 yoshda. Surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Bir necha yildirki, gemodializ muolajalarini olib keladi.
Tegishli tekshiruv va ko‘rsatmalardan so‘ng ota bir buyragini o‘g‘liga berdi. Operatsiya Qorako‘ldagi tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazida, mahalliy mutaxassislar ishtirokida amalga oshirildi.
Hozir bemorning ham, donorning ham ahvoli yaxshi. Muolajalar davom ettirilmoqda.