Bugun tibbiyot jamoatchiligi o‘z umrini xalq salomatligiga bag‘ishlagan, fidoyi shifokor, tajribali ustoz va hurmatli inson, akademik Nazirov Feruz Gafurovichning 75 yillik yubileyini keng nishonlamoqda!
Feruz Gafurovich o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida mamlakatimizda jarrohlik sohasining taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan, yuzlab yosh shifokorlarning yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga sababchi bo‘lgan. U nafaqat yuqori malakali amaliyotchi, balki ilm-fan va ta’lim sohasining faol targ‘ibotchilaridan biridir.
Zamonaviy jarrohlik usullarini joriy qilish, ilmiy maqolalar chop etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda ham uning xizmatlari beqiyosdir.
Ushbu qutlug‘ kunda Feruz Gafurovichga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Kasbga sadoqat, insoniy kamtarlik va fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildirib, ularga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt va kelgusidagi faoliyatlarida yangi zafarlar tilaymiz!