O‘zbekistonda yurak strukturaviy kasalliklarini davolash bo‘yicha innovatsion “PAN-muolajalari” dasturi amalga oshirilmoqda.

news_in

01.05.2025

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA) va BMT Tinchlik va Taraqqiyot Jamg‘armasi ko‘magida, hamda “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi boshchiligida O‘zbekistonda “Yurak strukturaviy kasalliklarini perkutan va no-fluoroskopik muolajalar yordamida davolash imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida yurakning tug‘ma nuqsonlarini zamonaviy, xavfsiz va nisbatan kam xarajatli usulda davolash imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, Ozbekistonda kardiologiya sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish maqsad qilingan. PAN (Percutaneous and Non-Fluoroscopic) muolajasi - angiolaboratoriyasiz va radiatsiya ta’sirisiz yurak strukturaviy kasalliklarini davolash imkonini beruvchi innovatsion texnologiya bo‘lib, Xitoy Tibbiyot Fanlari Akademiyasining Fuwai kasalxonasi shifokorlari tomonidan ishlab chiqilgan usuldir.

Loyihaning birinchi bosqichi doirasida, 2025-yil 29–30-aprel kunlari, Farg‘ona viloyatida boshlang‘ich maktab o‘quvchilari orasida keng ko‘lamli skrining tekshiruvlari o‘tkazildi.
4000 dan ortiq o‘quvchilarda yurakning tug‘ma nuqsonlari – bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni, qorinchalararo to‘siq nuqsoni va ochiq arterial yo‘l aniqlash maqsadida tekshiruvlar amalga oshirildi.
Skrining mahalliy maktablarning tibbiy ko‘rik xonalarida tashkil etildi. Tekshiruvlar Fuwai kasalxonasi (Xitoy) va “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi.
Tekshiruv natijasida yurak nuqsonlari aniqlangan bolalar Toshkent shahriga, Respublika Xirurgiya Markaziga yuboriladi va chuqur tekshiruvlardan song perkutan va no-fluoroskopik (PAN) usulida operatsiyalar amalga oshirildi. Ushbu amaliyotlar xitoylik va o‘zbek mutaxassislar tomonidan hamkorlikda bepul bajarildi.

Loyiha doirasidagi asosiy tadbirlardan yana biri – 2025-yil 1-may kuni Toshkent shahrida, “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika Xirurgiya markazi” katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadigan Mintaqaviy Ilmiy Simpoziumdir.
Simpoziumda O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Rossiya va Xitoydan yetakchi kardiologlar va intervension mutaxassislar ishtirok etadi va PAN muolajalarini oz mamalakatlarida qollanilishi natijalari bilan 150 dan xorijiy va mahalliy mutahassislar bilan bolishishadi.
Simpoziumning ikkinchi kuni – 2-mayda esa, jonli efirda turli murakkablikdagi tugma yurak nuqsonlari bartaraf etishda PAN muolajalarini qollanishi boyicha master-klass operatsiyalar o‘tkaziladi.

Ushbu tadbir borasida olingan tajriba mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida yangi texnologiyalarni joriy qilish, ijtimoiy tenglikni oshirish, sog‘liq va farovonlik maqsadiga erishishga xizmat qiladi va resurslari cheklangan hududlarda, sifatli va xavfsiz yurak davolash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.