Bemor haqida maʼlumot : Mustafoqulova D.S., 1974-yilda tug‘ilgan.
Bemor 2024-yil 8-dekabr kuni gepatobiliar jarrohlik va jigar transplantatsiyasi №1 bo‘limiga og‘ir holatda, mexanik sariqlik va biliar sepsis belgilari bilan shoshilinch ravishda qabul qilindi.
Anamnezi:
Avgust oyidan boshlab mexanik sariqlik belgilari kuzatilgan. Avval xususiy klinikada davolangan. 2024-yil 30-avgustda bemorga biliar stent o‘rnatilgan. Holati qisqa vaqtga yaxshilangan. Ammo shifoxonaga kelishidan oldin yana mexanik sariqlik belgilari qayta yuzaga kelgan va ularga xolangit klinikasi – tana haroratining ko‘tarilishi va titroq qo‘shilgan. 2024-yil 8-dekabr kuni bemor bizning shifoxonaga shoshilinch olib kelingan va shoshilinch gospitalizatsiya qilingan.
Bemor tezkor tekshiruvlardan o‘tkazildi va quyidagi tashxis qo‘yildi:
Oshqozon osti bezining bosh qismi o‘smasi, mexanik sariqlik, yiringli xolangit va biliar sepsis bilan asoratlangan.
Avval o‘rnatilgan stent olib tashlandi. Bemor reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, zudlik bilan ERPHG bajarildi va yangi biliar stent o‘rnatildi. Yiringli xolangit va mexanik sariqlik belgilarini bartaraf qilishga muvaffaq bo‘lindi.
Radikal operatsiya tavsiya qilindi va 2024-yil 20-dekabr kuni prof. Akbarov M.M. boshchiligida quyidagi jarrohlik amaliyoti bajarildi:
-Pankreatoduodenal rezeksiya,
bo‘lim metodikasi bo‘yicha Virsungov kanalining ichki drenajlash va pankreatogastroanastomozini qo‘yish.
Gastroenteroanastomoz va gepatikoenteroanastomoz o‘tkazish.
Nazoenteralbiliar zond o‘rnatish.
Qorin bo‘shlig‘ini drenajlash.
Gistologik tahlil natijasi:
Bezi to‘qimalari: uzuksimon to’qimali rak.
Operatsiyadan keyingi holat:
Jarrohlikdan keyingi davr asoratsiz o‘tgan. Bemor qoniqarli holatda uyga ambulator nazoratga javob berildi.
Tavsiya etiladi: 1 oy o‘tgach nazorat ko‘rigi, Onkolog konsultatsiyasi.