MRT uchun 25% chegirma 18:00 dan keyin. Bizning xirurgiya markazi xalqimiz uchun shanba kuni qo‘shimcha faoliyat yuritadi.

Kardioxirurgik jarrohlik amaliyotlarini o'tkazish bo’yicha amalga oshirilgan aksiya o’z nihoyasiga yetdi.

news_in

19.10.2024

Saudiya Arabistonining “Podshoh Salmon Gumanitar Yordam Markazi” tomonidan, O'zbekiston Respublikasiga yo'naltirilgan aksiyasi doirasida "Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi" davlat muassasasida kardioxirurgik jarrohlik amaliyotlarini o'tkazish uchun 20 ta soha mutaxassislari tashrifi o’z nihoyasiga yetdi.
 

Bir hafta davomida markaz mutaxassislari bilan hamkorlikda ochiq va endovaskulyar kardioxirurgik jarrohlik amaliyotlari o’tkazildi. Shuningdek, bemorlarga yuqori sifatli xizmat ko'rsatilinib barcha rejalashtirilgan ustuvor vazifalar muvafaqqiyatli amalaga oshirildi.
 

"Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi" ma’muriyati tomonidan, “Podshoh Salmon Gumanitar Yordam Markazi” mas’ul xodimlariga o’z minnatdorchiligimizni taqdim etamiz.