Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Kelajak ta'lim makoni: yangi kompetensiyalar, innovasiyalar, texnologiyalar” IV Rossiya-O‘zbekiston ta'lim forumi o‘z ishini boshladi.

news_in

26.06.2024

📌 Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta'lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan Ta'lim forumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshiqig‘iga binoan, ta'lim va fan sohasi mutaxassislari, yetakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari, ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari direktorlari va ta'lim tizimidagi boshqa ko‘plab mutaxassislardan iborat delegasiya ishtirok etmoqda.

👨‍⚕️ Forumda Akademik Vohidov nomidagi RIXIATM direktori, professor S.I.Ismailov ham ishtirok etmoqda.
Forum davomida rektor Boris Nikolaevich Korobets vakilligidagi “Uzoq Sharq Federal Universiteti” va Saidmurod Ibragimovich Ismailov boshchiligidagi Xirurgiya Markazi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. 

🔹 Kelishuvga ko‘ra, mutaxassislar tayyorlash, qo‘shma ta'lim loyihalari, dasturlar, modullar, kurslar ishlab chiqish va amalga oshirish, “Uzoq Sharq Federal Universiteti”  talabalarini Xirurgiya markazida tadqiqot, diplom oldi amaliyotlarini o‘tashi, qo‘shma o‘quv va ilmiy-texnik tadbirlar, ma'ruzalar, seminarlar, master-klasslar, konferensiyalar va davra suhbatlarini tashkil etish va o‘tkazish, O‘zbekistonlik talabalar va bitiruvchilarini Xirurgiya Markazida ish bilan ta'minlashga ko‘maklashishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🏥 Shuningdek, forum doirasida professor S.I.Ismailov “Tibbiy ta'limni takomillashtirish – yuqori texnologiyali jarrohlik yordamini rivojlantirishning asosi” mavzusida ma'ruza bilan ishtirok etdi. Forum 2024-yilning 26-iyuniga qadar davom etadi.