Xirurgiya markazida rahbariyat va yoshlar o‘rtasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish va rahbarlar bilan muntazam ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlari ijrosi doirasida Akademik V. Vohidov nomidagi Xirurgiya markazida rahbariyat va yosh xodimlar ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvni Markaz direktorining o‘rinbosari Hojiboyev Jamshid Abduazimovich hamda kafedra professori Mahmudov Qodirjon Oltinboyevich olib bordilar.
Ochiq muloqot davomida yosh mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolari, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Kasbiy rivojlanish, mehnat sharoitlari va Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Bunday uchrashuvlar muntazam tashkil etilib, yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish hamda rahbariyat va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.