MRT uchun 25% chegirma 18:00 dan keyin. Bizning xirurgiya markazi xalqimiz uchun shanba kuni qo‘shimcha faoliyat yuritadi.

Shifokorimiz «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

news_in

27.10.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish hamda sohni tubdan isloh etishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlashdagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun: Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi Gizatulina Nazira Rasulovna boy bilim va tajribasi, professional mahorati, diagnostika va davolash amaliyotida ilg‘or texnologik hamda innovatsion usullarni keng qo‘llagani, raqamli transformatsiyani jadallashtirishdagi ishtiroki, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, aholi salomatligini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi ulkan xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.