Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markaziga Hindistonning KIMS Hospitals (Krishna Institute of Medical Sciences) — yuqori texnologik tibbiy yordam yo‘nalishlarini rivojlantirayotgan yirik ko‘p tarmoqli klinikalar tarmog‘i vakillari tashrif buyurdi.
Uchrashuvda ilmiy hamkorlik, klinik tajriba almashish, mutaxassislarni o‘qitish va malakasini oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, shuningdek, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar uzoq muddatli amaliy hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.