Xirurgiya markazida Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan xodimlar taqdirlandi
Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Markaz direktori, professor S.I. Ismailov kirish so‘zi bilan ochib, jamoani eng ulug‘ va aziz bayram — mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Direktor o‘z nutqida Prezidentimiz rahbarligida inson qadrini ulug‘lash, aholi salomatligini muhofaza qilish va zamonaviy tibbiy xizmatni xalqimizga yanada yaqinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida ta’kidladi. Ushbu jarayonlarda tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnati va kasbiga sadoqati muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Tantanali marosimda Markazning bir guruh xodimlariga «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishonlari topshirildi.
Barcha taqdirlangan hamkasblarimizni samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va sharafli faoliyatlarida yangi yutuqlar tilaymiz!