MRT uchun 25% chegirma 18:00 dan keyin. Bizning xirurgiya markazi xalqimiz uchun shanba kuni qo‘shimcha faoliyat yuritadi.

Yuksak davlat mukofoti — yosh xirurgimizga!

news_in

26.08.2026

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida Markazimiz shifokor-xirurgi Abdurashid Abdukarimov ham bor. Davlatimiz rahbari yosh mutaxassisimizga «Kelajak bunyodkori» medalini shaxsan topshirdi.

Abdurashid Abdukarimov mamlakatimiz xirurgiyasiga robotik texnologiyalarni joriy etishda faol ishtirok etib, O‘zbekistonda ilk bor 5G tarmog‘i orqali masofaviy robot-assistentli operatsiyani amalga oshirgan.

Bu butun Markaz jamoasi uchun katta faxr va mutaxassislarimiz mehnatiga berilgan yuksak bahodir. Jamoamiz nomidan hamkasbimizni munosib davlat mukofoti bilan samimiy tabriklaymiz va yangi yutuqlar tilaymiz!