O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni arafasida Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida an’anaga aylangan ezgu tadbir — bu yil ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan xodimlarimiz farzandlarini tabriklash marosimi o‘tkazildi.
Bo‘lajak birinchi sinf o‘quvchilari yangi va muhim hayot bosqichi bilan samimiy tabriklanib, ularga maktab portfellari va zarur o‘quv qurollari to‘plamlari sovg‘a qilindi.
Markazimizda xodimlarning nafaqat mehnati qadrlanadi, balki ularning oilasidagi muhim va quvonchli voqealarni ham birgalikda nishonlash yaxshi an’anaga aylangan.
Aziz birinchi sinf o‘quvchilariga a’lo baholar, yangi bilimlar, mehribon ustozlar va unutilmas maktab yillarini tilaymiz! Ilk qo‘ng‘iroq katta va porloq kelajak sari qo‘yilgan birinchi qadam bo‘lsin!