Har yili Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining mehnati davlatimiz tomonidan yuksak baholanib, xodimlarimiz turli davlat mukofotlariga sazovor bo‘lmoqda. Bu butun jamoamiz uchun katta sharaf va faoliyatimizga berilgan yuksak bahodir.
Bu yil Markazimiz shifokor-xirurgi Abdurashid Abdukarimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.
Yosh va iqtidorli mutaxassis mamlakatimiz xirurgiyasiga robotik texnologiyalarni joriy etishda faol ishtirok etmoqda. Aynan u O‘zbekiston tarixida ilk bor Xitoyda turib, 5G tarmog‘i orqali Markazimizdagi bemorga ulangan xirurgik robotni masofadan boshqarib, robot-assistentli operatsiyani amalga oshirdi.
Hamkasbimizni yuksak davlat mukofoti bilan samimiy tabriklaymiz va yangi professional yutuqlar tilaymiz!