MRT uchun 25% chegirma 18:00 dan keyin. Bizning xirurgiya markazi xalqimiz uchun shanba kuni qo‘shimcha faoliyat yuritadi.

KLINIK ORDINATURA (REZIDENTURA)GA QABUL — 2026/2027

news_in

07.08.2026

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlanganini e’lon qiladi.

Qabul O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 20-iyuldagi 232-sonli buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

Qabul yo‘nalishlari:
Anesteziologiya va reanimatologiya — 25 ta o‘rin
Tibbiy radiologiya — 24 ta o‘rin
Xirurgiya — 24 ta o‘rin

Hujjatlarni qabul qilish muddati:
tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2026-yil 20-avgust soat 23:59 ga qadar.
Klinik ordinaturaga qabul belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshiriladi.
Talabgorlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun Markazda Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Call-markaz ish vaqti:
Dushanba–shanba, soat 09:00 dan 18:00 gacha.

Manzil: Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar, hujjatlarni topshirish tartibi va qabul jarayoniga oid yangiliklar Markazning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilib boriladi.