Xirurgiya markazida Tojikistonlik mutaxassislar malaka oshirdilar
O‘zbekiston va Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasidagi kelishuv doirasida Tojikistonning turli klinikalaridan kelgan shifokorlar Akademik V. Vohidov nomidagi Xirurgiya markazida stajirovka o‘tadilar.
O‘quv 2026-yil 6-juldan 26-julga qadar torakal, endoskopik va umumiy xirurgiya yo‘nalishlarida tashkil etildi. Mutaxassislar ko‘riklar, konsiliumlar va operatsiyalarda ishtirok etib, zamonaviy diagnostika usullari, davolash taktikasi va bemorlarni olib borish tamoyillarini o‘zlashtirdilar.
Stajirovka yakunida Markaz direktori, professor S.I. Ismailov ishtirokchilarga sertifikatlarni topshirdi.