MRT uchun 25% chegirma 18:00 dan keyin. Bizning xirurgiya markazi xalqimiz uchun shanba kuni qo‘shimcha faoliyat yuritadi.

Moskvadan kelgan tajribali osteopat qabuli boshlanadi

news_in

16.07.2026

2026-yil 17-iyuldan boshlab Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi poliklinikasida Moskva shahridan kelgan tajribali osteopat shifokor Ten Bronislav Nikolayevich bemorlarni qabul qiladi. Mutaxassis 35 yildan ortiq ish tajribasiga ega boʻlib, osteopatiya va refleksoterapiya sohasida faoliyat yuritadi. U Rossiya, Serbiya va Xitoyda malaka oshirgan, shuningdek, Moskva shahridagi “Lapino” klinik gospitali va “IstMed” klinikasida koʻp yillik amaliy tajribaga ega.
Qabul quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
  • Umurtqa pogʻonasi va boʻgʻimlardagi ogʻriqlar
  • Bosh ogʻrigʻi va bosh aylanishi
  • Qad-qomat buzilishlari
  • Jarohatlardan keyingi asoratlar
  • Surunkali ogʻriq sindromlari
  • Kasalliklar va operatsiyalardan keyingi reabilitatsiya