Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Vaqf” jamoat fondi ko‘magida 60 nafar bemorda murakkab jarrohlik amaliyotlari amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda operatsiyalar markazimizning malakali mutaxassislari tomonidan zamonaviy tibbiy standartlar asosida muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda.
Mazkur videoda operatsiya qilingan bemorlardan birining yaqin qarindoshi bilan suhbatni tomosha qilishingiz mumkin. Suhbat davomida u nabirasining operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tganini, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan yuksak tibbiy yordam hamda yaratilgan sharoitlar uchun samimiy minnatdorligini bildirdi.
Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan jarrohlik amaliyotlari va bemorlarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq yangiliklarni sahifamiz orqali muntazam yoritib boramiz.