9 may — Xotira va qadrlash kuni arafasida Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Chilonzor tumanidagi 55 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, mahalla faxriylari va nuroniylari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik 4–5–6 may kunlari o‘tkazilmoqda. Unda ishtirokchilar bazaviy tibbiy tekshiruvlar, laborator tahlillar — umumiy qon tahlili, biokimyoviy tahlil, koagulogramma, umumiy siydik tahlili, shuningdek ExoKG, UZI, EKG, rentgen, gastroskopiya va tor soha mutaxassislari maslahatlaridan o‘tmoqda.
Tadbirdan maqsad — mahalla faollari, faxriylar va nuroniylar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda profilaktik tibbiy xizmatni kuchaytirishdan iborat.