Xirurgiya markazida Gruziya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

news_in

16.04.2026

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Gruziyaning yirik tibbiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan “Vian Group” delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tarmoq tarkibiga Caraps Medline klinikasi ham kiradi.

 


Delegatsiyaga Caraps Medline klinikasi bosh direktori Nino Kutaladze boshchilik qildi. Tashrif davomida mehmonlar Xirurgiya markazining faoliyati, klinik imkoniyatlari, zamonaviy xirurgiya yo‘nalishlari hamda xalqaro hamkorlik salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.

 


Uchrashuv davomida tomonlar diagnostika, xirurgiya sohasida hamkorlik, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish va tibbiy turizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

 


Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni tayyorlash ustida ish olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.