Baliqchi tumanida jarrohlik xizmatini rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

news_in

03.12.2025

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi direktori, professor Saidmurod Ismoilov rahbarligidagi ishchi guruh xizmat safari davomida Andijon viloyati, Baliqchi tumanida joylashgan Madaniyat saroyida uvrashuv o’tkazdi. 

Uchrashuvda Baliqchi tumani hokimi Abduraimov Jasurbek Odiljonovich, TTB rahbari Ergasheva Muxtasarxon Ergashevna, Andijon viloyati Boshqarma boshlig’i Mamajonov Shoxruhmirzo Alimjonovich va bir nechta Andijon tumani markazlari direktorlari ishtirok etdi.

Uchrashuvdan hududdagi jarrohlik xizmati qay darajada ekanligi hamda tibbiyot muassasalarining holatini o’rganish maqsad qilingan. 

Bundan tashqari, tuman va shahar shifoxonalarini ko’zdan kechirilib, bir nechta mahalla fuqarolari bilan yig’inlar o’tkazish barobarida aholiga bevosita yaqinlashib, murojaatlari tinglandi. 
Aholini sog’lom turmush tarziga undovchi targ’ibotlar o’tkazilib, kerakli tavsiyalar berildi.