Pulatov Oleg Karimovichning 14.00.34 – «Yurak-qon tomir xirurgiyasi» ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari doktori / falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferatining qisqacha mazmuni:
Dissertatsiya mavzusi: «Orttirilgan yurak nuqsonlarida chap bo‘lmacha hajmini kamaytirish (atrioplastika) natijalarini baholash».
Ilmiy rahbar: t.f.d. Turayev Feruz Fathullayevich.
Bajarilgan muassasa: akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Toshkent).
Maqsad: Chap bo‘lmacha atriomegaliyasi bilan asoratlangan yurak qopqoq nuqsonlarida atrioplastika (chap bo‘lmacha hajmini kamaytirish) usullarining samaradorligini baholash va davolash natijalarini yaxshilash.
Ilmiy yangilik:
Chap bo‘lmacha paraanulyar segmenti 5,0–6,0 sm dan oshganda Kawazoe usuli, o‘pka venalari oralig‘i 5,0 sm dan oshganda esa Mercedes atrioplastika usulini qo‘llashning differensiallashgan yondashuvi asoslab berildi.
Atrioplastika qo‘llanilganda chap bo‘lmacha geometrik konfiguratsiyasi tiklanadi, sinus ritmi ishonchli tiklanadi va kichik chiqish sindromi xavfi kamayadi.
Klinik va iqtisodiy samara:
Bemorlarning reanimatsiya va statsionarda bo‘lish muddati 10 kundan 7 kungacha qisqardi.
Uzoq muddatli kuzatuvda (o‘rtacha 13 yil) 10 yillik yashab qolish ko‘rsatkichi 85–88% ni tashkil etdi.
Har 30 nafar bemor hisobiga olingan iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 256,5 mln so‘mni tashkil etdi.
2026-yil 27-oktabr kuni soat 14:00 da Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.08.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
KUN TARTIBI:
I. Im Vadim Muxasanovichning «14.00.34 – yurak-qon tomir jarrohligi» (tibbiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha «Revmatik etiologiyali mitral qopqoq stenozini rentgenendovaskulyar davolashda multidisiplinar yondashuv» mavzusidagi tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi.
Ilmiy maslahatchi: tibbiyot fanlari doktori, professor Zufarov Mirjamol Mirumarovich.
Rasmiy opponentlar:
Alimov Donier Anvarovich – tibbiyot fanlari doktori, professor
Aliyev Sherzod Mahmudovich – tibbiyot fanlari doktori, professor
Sharipov Islom Mamatxanovich – tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: «V.A. Almazov nomidagi Milliy jarrohlik tibbiy tadqiqot markazi» Federal davlat budjet tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Pulatov Oleg Karimovichning «14.00.34 – yurak-qon tomir jarrohligi» ixtisosligi bo‘yicha «Orttirilgan yurak nuqsonlarida chap bo‘lmacha hajmini kamaytirish (atrioplastika) natijalarini baholash» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi.
Ilmiy rahbar: tibbiyot fanlari doktori Turaev Feruz Fatxullayevich.
Rasmiy opponentlar:
Aliyev Sherzod Mahmudovich – tibbiyot fanlari doktori, professor
Abdurahmonov Abdusalom Abdulagzamovich – tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Zoom konferensiyasi:
https://us06web.zoom.us/j/87048068676?pwd=2ctVgzlTw1lb2vlyQHPh9ylibJWTIf.1
Konferensiya identifikatori: 870 4806 8676
Kirish kodi: 303501
Pulatov Oleg Karimovich — Dissertatsiya avtoreferati
Avtoreferatni yuklab olish (PDF)