O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi Gizatullina Nazira Rasulovna «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Ushbu munosabat bilan Xirurgiya markazida jamoa ishtirokida tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Markaz direktori Nazira Rasulovnani samimiy tabriklab, uning ko‘p yillik fidokorona mehnati va kasbiy mahoratini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, ushbu yuksak mukofot nafaqat bir mutaxassisning, balki reanimatsiya bo‘limi va butun markaz jamoasining mashaqqatli mehnatiga berilgan yuksak baho ekanini ta’kidladi.
Bu e’tirof barchamiz uchun faxr va kelgusida yanada katta mas’uliyat bilan mehnat qilishga rag‘batdir.
Nazira Rasulovnani yuksak davlat mukofoti bilan chin dildan tabriklaymiz!