MRT uchun 25% chegirma 18:00 dan keyin. Bizning xirurgiya markazi xalqimiz uchun shanba kuni qo‘shimcha faoliyat yuritadi.

Oshqozon va qizilo‘ngach xirurgiyasi bo‘limi

Taklif etilgan xizmatlar ro'yxati: 

• Qizilo‘ngachning xavfsiz va xavfli kasalliklarida an'anaviy hamda laparo-torakoskopik radikal va palliativ amaliyotlar;
• Qizilo‘ngachning kuyishdan keyingi torayishida shuntlovchi koloplastika;
• Qizilo‘ngachda an'anaviy va laparo-torakoskopik rekonstruktiv amaliyotlar;
• Diafragma qizilo‘ngach teshigi churralarida an'anaviy va laparoskopik operatsiyalar (diafragma plastikasi va fundoplikatsiya);
• Qizilo‘ngachning nerv-mushak kasalliklarida an'anaviy va laparoskopik kardiomiotomiya amaliyotlari;
• Qizilo‘ngach va oshqozon kasalliklarida kam invaziv hamda laparoskopik operatsiyalar;
• Oshqozonning xavfli o‘sma kasalliklarida an'anaviy va laparoskopik gastrektomiya;
• Oshqozonning xavfli o‘smalarida an'anaviy va laparoskopik subtotal oshqozon rezeksiyasi va gastrektomiya;
• O‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi va uning asoratlarida an'anaviy hamda laparoskopik rezeksiya amaliyotlari;
• Operatsiya qilingan oshqozon kasalliklarida rekonstruktiv rezeksiya;
• An'anaviy va laparoskopik gemikolektomiya, ingichka va yo‘g‘on ichak rezeksiyasi;
• Divertikulektomiya;
• Qorin old devorining turli churralarida an'anaviy va laparoskopik allogernioplastika;
• Toshkentda semizlikni davolashda laparoskopik bariatrik jarrohlik amaliyotlari.

To'liq tavsif

  • Bo'lim haqida

    - Kafedra 2004 yilda jarrohlik markazi negizida tashkil etilgan;

    - har yili qorin bo'shlig'i organlarida 600 dan ortiq yuqori texnologiyali operatsiyalar amalga oshiriladi;

    - Kafedra jamoasi 10 nafar jarrohdan iborat (tibbiyot fanlari doktori – 2 nafar, tibbiyot fanlari nomzodi – 3 nafar, ordinator – 5 nafar);

    – Bo‘limda 25 o‘rin mavjud

    - Har yili mutaxassislar xorijga malaka oshirishga yuboriladi