Taklif etilgan xizmatlar roʻyxati
• Turli yoshdagi bemorlarda tugʻma yurak nuqsonlarini jarroxlik yoʻli bilan davolash (chaqaloqlar, bolalar, oʻsmirlar va katta yoshdagi tugʻma yurak nuqsonlari bor boʻlgan bemorlar);
• Yurak klapanlari patologiyalarida ularni protezlash yoki plastik operatsiyalar;
• Koʻkrak va qorin aortasi anevrizmalari va aortaning ichki qavati ajralishlarida operatsiyalar;
• Yurak oʻsmalari, parazitar kasalliklari va yot jismlarida (yurak miksomasi, yurak exinokokkozi va b.) amalga oshriladigan operatsiyalar;
• Gipertrofik kardiomiopatiyani xirurgik davolash;
• Boshqa tugʻma yurak nuqsonlarini xirurgik davolash.
Sunʼiy qon aylantirish sharoitida amalga oshriladigan jarroxlik amaliyotlar:
• Atrioventrikulyar kanal notoliq shaklini korrektsiya qilish;
• Atrioventrikulyar kanal toliq shaklini korrektsiya qilish;
• Atrioventrikulyar kanal qiyshiq shaklini korrektsiya qilish;
• Oʻpka venalarining qisman anomal drenajini korrektsiya qilish;
• Oʻpka venalarining total anomal drenajini korrektsiya qilish;
• Yurak klapanlari plastik operatsiyalari;
• Yurak klapanlarini protezlash operatsiyalari;
• Oʻpka arteriyasining izolirlangan stenozini korrektsiya qilish;
• Qorinchalararo toʻsiq defektini tikish;
• Boʻlmachalararo toʻsiq defektini tikish;
• Qorinchalararo toʻsiq defektini plastika qilish;
• Boʻlmachalararo toʻsiq defektini plastika qilish;
• Oʻpka arteriyasi stenozini xirurgik korrektsiya qilish;
• Oʻpka arteriyasi stenozi bilan qoʻshilib kelgan qorinchalararo toʻsiq defektini korrektsiya qilish;
• Fallo tetradasini boʻlmacha kesimi orqali radikal korrektsiya qilish;
• Fallo tetradasini oʻng qorincha chiqish qismi va oʻpka arteriyasi shoxlari rekonstruktsiyasi bilan birga radikal korrektsiya qilish;
• Valsalva sinusi anevrizmasi yirtilishini korrektsiya qilish;
• Yurak boʻshliqlaridan yot jismlarni olish;
• Gipertrofik kardiomiopatiyada septal mioektomiya - Morrou operatsiyasi;
• Magistral qon tomirlarni oʻng qorinchadan ikkalanib chiqishini radikal korrektsiya qilish;
• Ross operatsiyasi (aorta ildizini oʻpka autografti bilan protezlash va yurak toj artiyasi ogʻzini reimplantatsiya qilish);
• Bentall de Bono operatsiyasi (koʻtariluvch aortani sintetik klapansaqlovchi conduit bilan protezlash va toj arteriyalar ogʻzini reimplantatsiya qilish);
• Bentall de Bono + Borst operatsiyasi (koʻtariluvch aortani ravogi bilan birga sintetik klapansaqlovchi conduit bilan protezlash va toj arteriyalar ogʻzini reimplantatsiya qilish);
• T. Devid I, II operatsiyalari (koʻtariluvch aortani Valsalva sinusi plastikasi bilan birga sintetik conduit bilan protezlash va toj arteriyalar ogʻzini reimplantatsiya qilish);
• Glenn operatsiyasi (ikki yoʻnalishli kavopulmonal anastomoz qoʻyish);
• Rastelli operatsiyasi - oʻpka arteriyasi atreziyasi va umumiy arterial oʻzakni xirurgik korrektsiya qilish (oʻng qorincha chiqish qismini barpo etish);
• Ebshteyn anomaliyasini xirurgik davolash - Daniyelson operatsiyasi (oʻng qorincha atrializatsiyalashgan qismini trikuspidal klapan plastikasi bilan birga plikatsiya qilish;
• Ebshteyn anomaliyasida Yarim qorinchali korrektsiya operatsiyasi (oʻng qorincha atrializatsiyalashgan qismini trikuspidal klapan plastikasi bilan birga plikatsiya qilish va kavopulmonal anastomoz qoʻyish);
• Lyutembaxer sindromida boʻlmachalararo toʻsiq defekti va mitral stenozni xirurgik korrektsiya qilish;
• Umumiy arterial oʻzakni xirurgik korrektsiya qilish;
• Intakt qorinchalararo toʻsiqli oʻpka arteriyasi atreziyasini xirurgik korrektsiya qilish;
• Yurak miksomasini olish.
Sunʼiy qon aylantirish sharoitisiz amalga oshriladigan jarroxlik amaliyotlari:
• Ishlab turgan yurakda yoki sunʼiy qon aylantirish sharoitisiz Glenn operatsiyasi (ikki yoʻnalishli kavopulmonal anastomoz qoʻyish);
• Ochiq arterial yoʻlni bogʻlash;
• Sintetik qon tomir protezi bilan arteriyalararo anastomoz qoʻyish;
• Aorta koarktatsiyasini xirurgik davolash (istmoplastika, protezlash, oxiri-oxiriga anastomoz qoyish).
Boʻlimga 2021 yilda xirurgiya markazi bazasida asos solingan.
Boʻlim kollektivi 1 ta xirurgdan tashkil topgan.
Boʻlim 24 koykaga moʻljallangan.
Boʻlimda muntazam ravishda MDH davlatlari va chet ellik mutaxassislar bilan birgalikda tuqʻma yurak nuqsonlari boʻyicha jarroxlik amaliyotlari amalga oshiriladi.
Boʻlim mudiri: t.f.n. Murotov U.A.