Har bir bola xazina, shunday ekan ularning salomatligi bizning ustuvor vazifamizdir. Pediatriya bo‘limimiz eng zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan bo‘lib, bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha keng ko‘lamli xizmatlarga ixtisoslashgan. Yuqori malakali pediatr va hamshiralarimiz esa bolajonlarimiz sog'lig'ini himoya qiladilar. Bilamizki, kasalxonaga borish bolalar uchun qo'rqinchli. Shu sababdan biz pediatriya bo'limimizni bolalar uchun qulay bo'lgan rang-barang, bolajon makon qilib yaratdik. Bolalar uchun mo’ljallangan dekoratsiya va g'amxo'r xodimlarimiz har bir tashrifingizni imkon qadar stresssiz va zavqli bo'lishini ta'minlaydi.

 

 

 

To'liq tavsif