MRT uchun 25% chegirma 18:00 dan keyin. Bizning xirurgiya markazi xalqimiz uchun shanba kuni qo‘shimcha faoliyat yuritadi.

Xadjibayev J. A. dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida e’lon

04.11.2026

E’LON

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.08.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Sana va vaqt: 2026-yil 17-noyabr, soat 14:00.

Kun tartibi

Xadjibayev Jamshid Abduazimovichning 14.00.27 — Xirurgiya (tibbiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan quyidagi mavzudagi dissertatsiya ishi himoyasi:

«Halqum, qizilo‘ngach va oshqozonning qo‘shma kuyishdan keyingi chandiqli torayishlari bo‘lgan bemorlarda tashxislash va jarrohlik taktikasini takomillashtirish».

Ilmiy maslahatchi: tibbiyot fanlari doktori, professor Nizamxodjayev Zayniddin Maxamatovich.

Rasmiy opponentlar:

  • Yusupbekov Abror Axmedjanovich — tibbiyot fanlari doktori, professor;

  • Akbarov Mirshavkat Miralimovich — tibbiyot fanlari doktori, professor;

  • Rizaev Kamol Saidakbarovich — tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «Akademik I. P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti» Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).

Zoom konferensiyasiga ulanish

Havola: https://us06web.zoom.us/j/82848564573?pwd=l75abtnYIam2GY8MONb5ett4qvWt5x.1

Konferensiya identifikatori: 828 4856 4573
Kirish kodi: 083605