MRT uchun 25% chegirma 18:00 dan keyin. Bizning xirurgiya markazi xalqimiz uchun shanba kuni qo‘shimcha faoliyat yuritadi.

Ilmiy kengash majlisi — 2026-yil 27-oktabr

15.10.2026

2026-yil 27-oktabr kuni soat 14:00 da Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.08.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

KUN TARTIBI:

I. Im Vadim Muxasanovichning «14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi» (tibbiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha «Revmatik etiologiyali mitral qopqoq stenozini rentgenendovaskulyar davolashda multidisiplinar yondashuv» mavzusidagi tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi.

Ilmiy maslahatchi: tibbiyot fanlari doktori, professor Zufarov Mirjamol Mirumarovich.

Rasmiy opponentlar:

  1. Alimov Doniyor Anvarovich – tibbiyot fanlari doktori, professor.

  2. Aliyev Sherzod Mahmudovich – tibbiyot fanlari doktori, professor.

  3. Sharipov Islom Mamatxanovich – tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: «V. A. Almazov nomidagi Milliy xirurgiya tibbiy tadqiqot markazi» Federal davlat byudjet tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi).

II. Pulatov Oleg Karimovichning «14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi» (tibbiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha «Orttirilgan yurak nuqsonlarida chap bo‘lmacha hajmini kamaytirish (atrioplastika) natijalarini baholash» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi.

Ilmiy rahbar: tibbiyot fanlari doktori Turaev Feruz Fatxullayevich.

Rasmiy opponentlar:

  1. Aliyev Sherzod Mahmudovich – tibbiyot fanlari doktori, professor.

  2. Abdurahmanov Abdusalom Abdulazgamovich – tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.

Zoom konferensiyasi:

Havola: https://us06web.zoom.us/j/87048068676?pwd=2ctVgzlTw1lb2vlyQHPh9ylibJWTIf.1

Konferensiya identifikatori: 870 4806 8676

Kirish kodi: 303501