2025-yil 25–28-oktabr kunlari Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan Gonkong Xitoy Universitetida Intellektual tibbiyot innovatsiyalari bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya (ICIMI 2025) bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu nufuzli sammitda O‘zbekiston Respublikasidan Saydimurad Ismailov ishtirok etmoqda. Tadbirda dunyoning yetakchi mutaxassislari sog‘liqni saqlashda sun’iy intellektni joriy etish, tibbiy ta’lim va tadqiqotlarda innovatsion yechimlarni muhokama qilishmoqda.
“AI Empower the Future of Health” - "Sun'iy intellekt sog'liqni saqlash kelajagini poydevori" shiori ostida o‘tayotgan konferensiya tibbiyotda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Ushnu tadbirda Saydimurad Ismailovning ishtiroki O‘zbekiston tibbiyot sohasi vakillarining global innovatsion jarayonlardagi faol ishtirokini ifodalaydi.
27 - oktyabr kuni sun’iy intellekt asosida ish faoliyati tashkil etilgan tibbiy muassasalar ko’zdan kechirilishi rejalashtirilgan