Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi Andijon davlat tibbiyot institutining 70 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

news_in

30.04.2025

Akademik V.Vohidov  nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi delegatsiyasi Andijon davlat tibbiyot instituti 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi
Joriy yilning 30 aprel kuni Akademik V.Vohidov  nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi nomidan delegatsiya Andijon davlat tibbiyot institutining tashkil topganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiri va ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashdi.
Ushbu nufuzli anjumanda Markazimiz transplantatsiya bo‘yicha yetakchi mutaxassisi, tibbiyot fanlari nomzodi Baybekov Renat Ravilovich “O‘zbekistonda tirik donordan jigar transplantatsiyasi bo‘yicha eng katta tajriba (150 ta operatsiya tajribasi)” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Baybekov R.R. o‘z nutqida tirik donorlik asosida jigar transplantatsiyasi yo‘nalishida erishilgan yutuqlar, operatsion murakkabliklar, zamonaviy yondashuvlar va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari haqida batafsil so‘z yuritdi.
Markaz jamoasi uchun bu tadbir ilmiy tajriba almashish, hududiy hamkorlikni mustahkamlash va transplantologiya sohasidagi milliy salohiyatni targ‘ib qilish yo‘lida yana bir muhim bosqich bo‘ldi.