Xayriya aksiyasi yakunlari: 110 nafar bemor bepul ko‘rikdan o‘tdi!

news_in

14.04.2025

2025 yil 11-12 aprel kunlari Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazining maslahat poliklinikasida jigar transplantatsiyasini boshidan o‘tkazgan bemorlar uchun xayriya aksiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Aksiya davomida mamlakatimizda, hamda turli xil horijiy klinikalarda jigar transplantatsiyasi o’tkazgan 110 ta bemorlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. 

Bu tashabbus sog‘lig‘i uchun mas'uliyat bilan yondashadigan har bir bemorga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni maqsad qilganimizdan dalolatdir.

 Barchaga ishtirok uchun tashakkur bildiramiz va kelgusida yana shunday foydali tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtiramiz.

 Siz ham sog‘lig‘ingizni nazorat qilishni istasangiz, markazimiz siz uchun har doim ochiq!

📍 Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li, 10-uy manzilida joylashgan Xirurgiya Markazi (Avvalgi Grudnaya xirurgiya, Chilonzor metro yo‘nalishi).

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar:
📲 Registratura: +998 71 230 45 60 (08:00-18:00)
📲 Qabul bo‘limi: +998 71 230 49 14