news_in

03.04.2025

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarga muhim yangilikni ma’lum qilishdan mamnunmiz! 2025 yil 11-12 aprel kunlari akademik V. Vohidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi huzuridagi maslahat poliklinikasida xayriya aksiyasi tashkil etiladi.

Ushbu aksiya doirasida jigar transplantatsiyasini boshidan o‘tkazgan bemorlar (Respublikamizda yoki xorijda amalga oshirilgan) bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari mumkin.

🩺 Aksiya doirasida quyidagi tekshiruvlar BEPUL o‘tkaziladi:
✅ Umumiy qon tahlili
✅ Biokimyoviy qon tahlili
✅ Umumiy siydik tahlili
✅ Takrolimus tahlili
✅ Jigar transplantati va qorinning ichki a’zolari UZI-dopplergrafiyasi
✅ Elektrokardiografiya (EKG)

Shuningdek Xirurgiya Markazining yetakchi mutaxassislari tomonidan bepul maslahatlar va tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Qabul 2025 yil 11-12 aprel kunlari soat 08:00 dan 18:00 gacha Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li, 10-uy manzilida joylashgan Xirurgiya Markazining maslahat poliklinikasida o‘tkaziladi. (Avvalgi  “Grudnaya xirurgiya”, Chilonzor metro bekati oldida).

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar:
📲 Registratura: +998 71 230 45 60 (08:00-18:00)
📲 Qabul bo‘limi: +998 71 230 49 14

🔹 Muhim yordam:
📌 Tekshiruvdan o‘tish uchun barcha tibbiy hujjatlaringizni (ma’lumotnomalar, tahlil natijalari, elektron ma’lumot tashuvchilar, CD-disklar) o‘zingiz bilan olib kelish tavsiya etiladi.
📌 Barcha tekshiruvlar och qoringa o‘tkaziladi.

Biz sizning salomatligingiz haqida qayg‘uramiz!
Sizlarni markazimizda kutamiz!

Hurmat bilan, Xirurgiya Markazi Ma’muriyati