17-may kuni O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida barcha tibbiyot markazlari mutaxassislari, jumladan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi shifokorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyarov ishtirokida tibbiyot sohasiga oid anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumandan ko‘zlangan maqsad ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, tibbiyotda turk modeli bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni tahlil qilish va respublikamiz shifokorlarining kasb mahoratini uzoq muddatga oshirish uchun uzoq muddatli aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat edi.