O'zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish vazirligi akademik V. Vohidovagruppa "akademik V. Vohidov nomidagi RSNPMTX"

news_in

29.03.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli himoya qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish, zamonaviy davolash usullarini keng joriy etishga munosib hissa qo‘shish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun usullarini amaliyotga tatbiq etgani, tarmoq dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirgani, yuksak salohiyatli kadrlar tayyorlashdagi ulkan xizmatlari hamda jamiyat hayotidagi faol ishtiroki II darajali “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlansin.

Suyumov Azamat Sayfullaevich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qon tomir xirurgiyasi va buyrak transplantatsiyasi bo‘limi jarrohi.

 

Jarrohlik markazining butun jamoasi nomidan Azamat Sayfullaevich va uning yaqinlarini tabriklaymiz! Kasbiy faoliyatida yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishini, yurtimiz tibbiyoti rivoji yo‘lida charchamasdan xizmat qilishini tilab qolamiz.