Hurmatli hamkasblar!
Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining barcha xodimlarini Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu bayram inson salomatligini asrash va hayotini saqlab qolish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha kasb egalarini birlashtiradi. Har biringizga kasbingizga sadoqatingiz, mas’uliyatingiz va Markazimiz rivojiga qo‘shayotgan hissangiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Quvonarlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-noyabrdagi PQ-336-sonli «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida Markazimizning har bir xodimi kasb bayrami munosabati bilan pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Bu davlatimiz rahbarining tibbiyot sohasiga qaratayotgan yuksak e’tibori, tibbiyot xodimlariga bo‘lgan g‘amxo‘rligi va ularning kundalik mehnatiga berilayotgan e’tirofning yana bir ifodasidir.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz! Jamoamizda hamisha o‘zaro hurmat, hamjihatlik va rivojlanishga intilish muhiti hukm sursin!
Hurmat bilan,
Xirurgiya markazi ma’muriyati